Rasmiy xabar: Sarri - Yuventus bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2019, 18:18
Mauricio Sarri Yuventus bosh murabbiyi etib tayinlandi.

60 yoshli murabbiy Chelsini tark etdi va Turin klubi bilan uch yillik shartnoma tuzdi.

Oldinroq Yuve murabbiy uchun 5 million funt tovon pulini to'lashi haqida xabarlar chiqqandi.

Chelsida italiyalik bir mavsum ishladi. U boshchiligida klub Yevropa ligasini yutdi, APLda uchinchi o'rinni egalladi va Angliya Liga kubogida finalga qadar yetib bordi.

Sarri Italiya A seriyasida Empoli va Napoli klublarida ishlagan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: juventus.com