Rasmiy xabar: Salimjon Zokirov "Neftchi" klubi raisi etib tayinlandi

Narzulla Saydullayev
23 okt 2015, 16:12
Bugun, 23 oktyabr kuni Neftchi PFK qarorgohida jamoaning yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda Farg'ona viloyati hokimi, Viloyat futbol federatsiyasi prezidenti – Shuhrat Madaminovich G'aniev ishtirok etdi. Viloyat hokimi “Neftchi” PFK raisi Toxir Kapadzega klubda samarali ish olib borgani uchun minnatdorchilik bildirdi va viloyat futbolini rivojlantirish uchun T.Kapadzeni Viloyat futbol federatsiyasi Vice-prezidenti lavozimida o'z faoliyatni davom ettirishini taklif etdi. “Neftchi” PFK raisi etib Viloyat futbol federatsiyasi Vice-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Salimjon Zokirov taynlandi.

“Neftchi” PFK matbuot hizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia