Rasmiy xabar: O'zbekiston oktyabr oyida Malayziya va Iordaniya bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2021, 12:52
OFK kalendariga muvofiq, oktyabr oyi avvalida milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo'lib o'tadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddat mobaynida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.

Yig'in davomida Srechko Katanets shogirdlari 9 oktyabr kuni Malayziya, 12 oktyabrda esa Iordaniya terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz