Rasmiy xabar: OCHL-2021 guruh bosqichi qaysi shaharlarda o'tishi ma'lum

Narzulla Saydullayev
11 mar 2021, 11:32
OFK 2021 yilgi OCHL guruh bosqichi o'yinlari markazlashgan holda qaysi shaharlarda o'tishini e'lon qildi.

Unga ko'ra 14-30 aprel kunlari bo'lib o'tadigan G'arb mintaqasidagi o'yinlar quyidagi shaharlarda o'tadi:

"A" guruhi: Ar Riyod, Saudiya Arabistoni
"B" guruhi: Sharja, BAA
"C" guruhi: Jidda, Saudiya Arabistoni
"D" guruhi: Ar Riyod, Saudiya Arabistoni
"E" guruhi: Goa, Hindiston


Ma'lumot uchun, "B" guruhida "Paxtakor" ishtirok etadi. AGMK esa pley-offda g'alaba qozonsa "A" guruhidan joy oladi. 


"A" guruhi: "Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Shabab Al-Ahli Dubay" (BAA), "Istiqlol" (Tojikiston), "Al-Garafa" (Qatar) yoki AGMK (O'zbekiston)
"B" guruhi: "Sharja" (BAA), "Traktorsozi" (Eron), "Paxtakor" (O'zbekiston), "Al Vahda" (Saudiya Arabistoni) yoki "Al Quva Al Javiya" (Iroq)
"C" guruhi: "Al-Duhayl" (Qatar), "Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni), "Istiqlol" (Eron), "Al Shorta" (Iroq)
"D" guruhi: "Al-Sadd" (Qatar), "Al-Nassr" (Saudiya Arabistoni), "Al-Vihdat" (Iordaniya), "Fulad" (Eron) yoki "Al Ayn" (BAA)
"E" guruhi: "Persepolis" (Eron), "Al-Rayyan" (Qatar), "Goa" (Hindiston), "Al Vahda" (BAA) yoki "Al Zavra" (Iroq) 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia