Rasmiy xabar: Norchaev "Nasaf"ga qaytdi

Omonjon To`xtamirzayev
11 fev 2025
O'zbekistonlik hujumchi Husayn Norchaev qadrdon klubiga qaytdi.

"Mamnuniyat bilan shuni e'lon qilamizki, hujum chizig'imiz yana-da kuchaymoqda! O'z akademiyamizdan yetishib chiqqan Husayn Norchaev yana biz bilan birga! Gollar, paslar, g'alabalar kutib qolamiz! Jonajon "Nasaf"imizga xush kelding, Husaynjon!", - deyiladi klub xabarida. 

Bundan bir necha kun avval "Championat.asia" bu transfer haqida xabar (Eshitdik-da! Norchaev "Nasaf"ga qaytmoqda) bergandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Насаф ФК матбуот хизмати