Rasmiy xabar: "Navbahor" futbolchisi "Neftchi"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2022, 14:34
Yangi mavsumga hozirlik ishlarini davom ettirayotgan "Neftchi" klubi jamoani shakllantirish borasida bugun yana bir transferni amalga oshirdi.

Oxirgi besh yil mobaynida Namangannning "Navbahor" sharafini himoya qilib kelgan mahoratli yarim himoyachi Mirzohid G'ofurov "Neftchi" bilan shartnomaga imzo chekdi.

Ma'lumot o'rnida, Mirzohid G'ofurov o'tgan mavsumda namanganliklar safida 25ta bahsda maydonda harakatlanib, 1ta gol muallifi hamda 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Jamoa rahbariyati va barcha futbolsevar muxlislari nomidan Mirzohid G'ofurovga yangi futbol mavsumida "Neftchi" PFKdagi faoliyatiga kattadan-katta omad va zafarlar yor bo'lishini tilaymiz", - deb yozadi "Neftchi" matbuot xizmati.


Eslatib o'tamiz, 21 dekabr kuni G'ofurov "Neftchi"ga o'tishi haqida xabar bergandik.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia