Rasmiy xabar: Lutfulla To'raev - "Neftchi" futbolchisi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2022
Jamoani kuchaytirish maqsadida selekciya jarayonida faollik ko'rsatayotgan "Neftchi" futbol klubi bugun yana bir transferga qo'l urdi.

O'tgan mavsumda Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi safida 23 marta maydonga tushib, 1ta golga mualliflik qilgan tajribali yarim himoyachi Lutfulla To'raev bilan bir yillik shartnoma imzolandi.

Ma'lumot uchun, Lutfulla To'raev "Bunyodkor" dan tashqari "Mashal","Nasaf"," Lokomotiv", AGMK hamda ma'lum bir muddat Malayziyaning "Felda Yunayted" klublarida faoliyat ko'rsatgan.

Jamoamiz va muxlislarimiz nomidan tajribali futbolchi "Neftchi" safida yanada g'ayrat va shijoat bilan harakat qilib, jamoa sharafini yuksak cho'qqilarga ko'tarishga munosib hissa qo'shishiga ishonamiz", - deb yozadi "Neftchi" matbuot xizmati. 

Eslatib o'tamiz, championat.asia sayti 4 yanvar kuni Lutfulla To'raev "Bunyodkor"ni tark etgani va "Neftchi"ga o'tishi kutilayotgani haqida xabar bergandi.


  







Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia