Rasmiy xabar: Javohir Qahramonov - "Neftchi" a'zosi!

Narzulla Saydullayev
22 dek 2023
"Neftchi" yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun tajribali futbolchi Javohir Qahramonov "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, Javohir Qahramonov o'tgan mavsumni O'zbekiston Superligasi vakili Jizzaxning “So'g'diyona” klubida o'tkazdi. Futbolchi Superligada jami 25 ta uchrashuvda 2243 daqiqa harakat qilib, 6 gol urdi va 2 ta golga assistentlik qilgan.

Javohir Qahramonov "Neftchi" bilan shartnoma iizolagach shunday dedi: "Neftchi" qanday klubligini yaxshi bilaman, Farg'onaga medallar uchun kurashish uchun keldim. Tez orada farg'onalik muxlislarga olam-olam quvonch ulashish uchun qo'limdan kelgancha harakat qilaman! "Neftchi", OLG'A!

Javohir Qahramonovga jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz!", - deb yozadi "Neftchi" matbuot xizmati.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати