Rasmiy xabar. Bunyodkor - Paxtakor uchrashuvi Paxtakor stadionida bo'ladi

Narzulla Saydullayev
25 mar 2019, 17:33
Bunyodkor Superliganing 2-tur doirasida Paxtakorga qarshi maydonga tushadi.

Bunyodkor uy uchrashuvlarini o'tkazadigan Milliy stadionning holati hali o'yin o'tkazish uchun tayyor bo'lmagani sababli Bunyodkor Paxtakorga qarshi bahsni Paxtakor markaziy stadionida o'tkazadi. Bellashuvning nominal mezboni Bunyodkor bo'ladi.

Cuperliganing 2-turidan o'rin olgan Bunyodkor - Paxtakor o'yini 31 mart kuni bo'lib o'tadi. Bahs 17:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com