Rasmiy xabar: Baxtiyor Ashurmatov - “Surxon” bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2019, 14:31
Bugun “Surxon” futbol klubida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.

Ushbu yig'ilishda “Surxon” jamoasining barcha a'zolari ishtirok etishdi. Yig'ilishni “Surxon” futbol klubi bosh direktor o'rinbosari Alisher Rustamov ochib berdi.

O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan “Surxon” jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. O'zbek futboli muxlislari uchun taniqli bo'lgan, tajribali mutaxassis Baxtiyor Ashurmatov “Surxon” jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

"Menga bildirilgan ishonch uchun avvalmbor “Surxon” futbol klubi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ishonamanki, biz bir oila bo'lib shakllanib, faqat yuqori maqsadlar sari intilamiz", – deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Eslatib o'tamiz, Ashurmatov o'tgan mavsumda AGMK klubi bilan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan.




"Surxon"ni kim boshqarishi ma'lum        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сурхон” матбуот хизмати