
3 iyun kuni “Bunyodkor” futbol klubida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda jamoa a'zolariga yangi bosh murabbiy Sergey Lushan rasman tanishtirildi.
Sergey Ivanovich “Bunyodkor” futbol klubi uchun begona emas. U 2007-2008 yillar davomida “qaldirg'ochlar” safida harakat qilgan. 2009 yildan boshlab futbol maktabimizda yosh sportchilar bilan ishlab kelayotgandi. Shuningdek, u o'z shogirdlari bilan birga “Bunyodkor-2” nomi ostida birinchi liga bahslarida qatnashdi. “Bunyodkor” yoshlar jamoasi bilan ham ishladi. Umuman olganda, Sergey Lushan “Bunyodkor” futbol maktabiga poydevor qo'ygan insonlardan biri. U bosh murabbiylikkacha bosqichlarni bosib o'tgani ham e'tiborga molik.
Sergey Lushanning “Bunyodkor” FK bosh murabbiyligidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz.
BIZNING MA'LUMOT:
To'liq ismi: Sergey Ivanovich Lushan
Tug'ilgan sanasi: 09.04.1973
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri
Futbolchilik faoliyati:
Yil | Jamoa | O' | G |
1993 | “Patriot” (Moskva, Rossiya) | ? | ? |
1993 | “Madanchi” (Bekobod) | 11 | 1 |
1994-1996 | “Okean” (Naxodka, Rossiya) | 93 | 11 |
1997-1999 | “Krilya Sovetov” (Samara, Rossiya) | 65 | 3 |
2000-2002 | “Rostselmash” (Rostov, Rossiya) | 52 | 0 |
2003 | “Krilya Sovetov” (Samara, Rossiya) | 5 | 0 |
2004 | “Uralan” (Elista, Rossiya) | 3 | 0 |
2005 | “Metallurg” (Lipeck, Rossiya) | 26 | 1 |
2006 | “Yunit” (Samara, Rossiya) | 21 | 1 |
2007-2008 | “Bunyodkor” (Toshkent) | 39 | 6 |
1998-2003 | O'zbekiston milliy terma jamoasi | 28 | 1 |
Murabbiylik faoliyati: 2009-2010 “Bunyodkor” futbol maktabi murabbiyi, 2011-2013 “Bunyodkor” yoshlar jamoasi murabbiyi, 2013-2014 “Bunyodkor” farm-klubi murabbiyi, 2014 yildan boshlab O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi, 2014 yil iyun oyidan “Bunyodkor” FK bosh murabbiyi.