Rasmiy xabar: Pepe Reyna "Bavariya" bilan uch yillik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
8 avg 2014, 19:42
Myunxenning "Bavariya" klubi ispaniyalik darvozabon bilan shartnoma tuzdi.
"Bavariya" rasmiy sayti bergan xabarga ko'ra, Pepe Reyna klub bilan bugun uch yillik shartnoma tuzdi.

Eslatib o'tamiz, bir necha yil davomida "Liverpul"da o'ynagan Reyna o'tgan mavsumni Italiyaning "Napoli" klubida ijarada o'tkazgandi.

Darvozabon yangi klubida 23-raqam ostida o'ynaydi. Myunxen klubida Germaniya terma jamoasi posboni Manuel Noyer ham faoliyat olib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia