Rasmiy xabar: Oybek Qilichev "Al Shaab"ga ijraga berildi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2014
Oybek Qilichev BAA chempionati vakili Al Shaab klubida ijara asosida o'ynyadi.
Toshkentning Paxtakor jamoasi yarim himoyachisi Oybek Qilichev o'tkazilgan muzokaralardan so'ng, Birlashgan Arab Amirliklarining Al Shaab  klubi bilan 6 oylik shartnomaga imzo chekdi. Bir necha kun ilgari futbolchi o'z agenti bilan BAAga jo'nab ketgan edi. Kuni kecha iqtidorli yarim himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tdi va Al Shaab klubi vakiliga aylandi. Qayd etish lozim, futbolchi yangi jamoasida ijara asosida to'p tepadi.

Paxtakor futbol klubi Oybek Kilichevga yangi jamoada omad tilab koladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz