Rasmiy xabar: Moratti "Inter"ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
24 okt 2014, 10:36
Massimo Moratti "Inter" klubi faxriy prezidenti lavozimini tark etdi.
69 yoshli magnat klub prezidentligini indoneziyalik biznesmen Erik Toxirga topshirganidan so'ng faxriy prezident bo'lgandi.

Biroq bir yildan so'ng Moratti "neradzurrilar" bilan butunlay xayrlashishga qaror qildi. Sobiq prezidentning xoldingi klubning 29,5% akciyasiga ega.

Moratti 1995-2013-yillarda klubni boshqardi. Bu davr mobaynida "Inter" besh marta Italiya chempioni bo'ldi, to'rt martadan Italiya kubogi va Superkubogini yutdi. Bundan tashqari klub bir martadan Chempionlar ligasi, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati va UEFA kubogini qo'lga kiritgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru