Rasman: Jafar Irismetov “NBU-Osiyo” bosh murabbiyi

Avval xabar berganimizdek, Jafar Irismetov “NBU-Osiyo” bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Irismetovning “SA”ga xabar berishicha, bugun u jamoa a'zolariga bosh murabbiy sifatida tanishtirildi.
Shuningdek sobiq to'purar hujumchi bugun yangi jamoasida bosh murabbiy sifatida ilk mashg'ulotini o'tkazdi.
 
Irismetovni futbolchilik davrini muxlislar iliq xotiralar bilan eslaydi. Ko'ramiz murabbiy sifatida ham Jafar o'zini ko'rsata olarmikin.

Manba: championat.asia