Rasman: "Zenit" 15 noyabrda "Fenerbaxche"ga qarshi o'yin o'tkazadi

Omonjon To`xtamirzayev
22 okt 2024, 18:20
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi o'zining Telegramdagi kanalida Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi bilan o'rtoqlik o'yini haqida rasmiy ma'lumot berdi.

Uchrashuv 15 noyabr sanasida Istanbul shahridagi "Shukru Sarajoglu" stadionida bo'lib o'tadi.

RPL doirasida 12 o'yindan keyin "Zenit" 29 ochko bilan ikkinchi pog'onani band etib turibdi. Joze Mourinyu boshqaruvidagi "Fenerbaxche" esa 17 ochko bilan Turkiya chempionatida 4-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Зенит" ФК