Rasman: "Yuventus" yarim himoyachi sotib oldi

Eldor Akmurzayev
17 iyul 2019, 01:05
Lion safida harakat qilgan yarim himoyachi Hamza Rafiya Yuventus a'zosiga aylandi.

Bu haqda sherlarning rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Avvaliga, 20 yoshli futbolchi lionliklar bilan faoliyatidagi birinchi professional shartnomaga imzo chekkan. Keyin esa klub uni 400 ming evro evaziga turinliklarga transfer qilgan. Agar Yuve tunislik xavbekni kelajakda boshqa klubga sotadigan bo'lsa, u holda Fransiya jamoasi bonus sifatida 5 mln. evroga ega bo'ladi. 

Rafiya bilan kelishuv 3+1 ko'rinishida tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ol.fr