Rasman: "Yuventus" "Arsenal" darvozabonini sotib oldi + FOTO

Tolibjon Qosimov
19 iyul 2017, 19:01
Yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirishda davom etayotgan Turinning "Yuventus" klubi yana bir futbolchini xarid qildi.

Gap "Arsenal" darvozaboni Voycex Shensni haqida ketmoqda. Turinliklar biroz avval kiperning transferini rasman e'lon qilishdi. Shensni bilan 4 yillik shartnoma imzolandi. Voycex turinliklarga 12 million evroga tushdi.U "keksa sinoralar" tarkibida 23 raqam ostida harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, Shensni o'tgan mavsumni ijara asosida "Roma"da o'tkazgan edi.



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/juventusfcen