Rasman: Yovan Jokich – “Navbahor” futbolchisi!

Mirjalol Normatov
12 dek 2021
"Navbahor" matbuot xizmati Yovan Jokichning transferini e'lon qildi.

O'zbekistonda Olmaliqning AGMK hamda Toshkentning “Lokomotiv” klublaridagi o'yinlari bilan tanilgan serbiyalik yarim himoyachi Yovan Jokich 2022 yilgi mavsumni “Navbahor” safida o'tkazadigan bo'ldi. Shu munosabat bilan, Jokichga “lochinlar” tarkibida ulkan muvaffaqiyatlarga erishishini tilab qolamiz. 

Serbiyaning “Yavor”, “Rudar”, Qozog'istonning “Atirau”, Olmaliqning AGMK, Toshkentning “Lokomotiv” klublarida to'p tepgan", - deb yoziladi klub bayonotida.





Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати