Rasman: Xoylund - "Ayntraxt" futbolchisi!

Omonjon To`xtamirzayev
11 iyul 2024, 12:03
"Manchester Yunayted" forvardining ukasi Oskar "Ayntraxt" futbolchisiga aylandi.

"Manchester Yunayted"ning daniyalik futbolchisi Rasmus Xoylundning ukasi Oskar Xoylund Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida nemis klubi o'z rasmiy saytida xabar berdi.

"Ayntraxt" 19 yoshli yarim himoyachi bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. "Transfermarkt" ma'lumotlariga ko'ra, "Ayntraxt" bu transfer uchun "Kopengagen"ga 1,35 million evro to'lab bergan.

Oskar Xoylund o'tgan mavsum katta futbolda debyut qildi va "Kopengagen" safida 23 o'yinda maydonga tushdi, jumladan ulardan 8 tasi YCHL bellashuvlari (ikkitasi saralashda va oltita o'yin guruh bosqichida).

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: eintracht.de