Rasman: "Xorazm" braziliyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
26 yanv 2026, 08:15
"Xorazm" qishki transferlar oynasida selekciya ishlarini davom ettirmoqda.

Jamoa o'z safiga braziliyalik yarim himoyachi Rafael Sabinoni qo'shib oldi. 1996 yilda tug'ilgan futbolchi Qozog'istonning "Qizil Jar" jamoasidan taklif qilindi. U faoliyati davomida Ukrainaning "Lvov", Qozog'istonning "Akjayik", Braziliyaning "Barueri", "Jaguariuna", "Gremio Kataduense" jamoalarida to'p tepgan. 

Transfermarket portali to'pteparning qiymatini 200 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Хоразм" матбуот хизмати