Rasman: Xerardo Martino Barselona bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2013, 14:58
Barselona klubi yangi bosh murabbiyi etib Xerardo Martino tayinlandi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Yaqin orada 50 yoshli murabbiy Barselonaga kelib klub bilan 2 yillik shartnoma tuzadi.

Eslatib o'tamiz, Barselona bosh murabbiyi lavozimida Martino sog'lig'i bilan muammo bo'lgan Tito Vilanovani almashtiradi.

Martinoning oxirgi ish joyi Nyuells Old Boyz klub bo'ldi. Ushbu klub murabbiy bilan birga Torneo Final-2013da g'olib chiqdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru