Rasman: Xalqaro Chempionlar kubogining o'yinlar taqvimi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
27 mar 2019, 22:30
Joriy yilning yoz oyida klublar o'rtasida Xalqaro Chempionlar kubogi (International Champions cup) ​o'rtoqlik musobaqasi o'tkaziladi.

Bugun mazkur turnirning o'yinlar taqvimi aniq bo'ldi. Eslatib o'tamiz, musobaqada 12ta klub qatnashadi: “Real”, “Atletiko”, “Manchester Yunayted”, “Arsenal”, “Tottenxem”, “Yuventus”, “Milan”, “Inter”, “Roma”, “Bavariya”, “Benfika” va “Gvadalaxara” (Meksika). Bahslar AQSH, Yevropa va Osiyo maydonlarida o'tkaziladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN