Rasman. “Vest Xem” Chicharitoni 16 mln funtga sotib oldi

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2017, 05:10
Londonning “Vest Xem” klubi Meksika terma jamoasi va “Bayer” hujumchisi Xaver Ernandesnining transferini rasman e'lon qildi.

Chicharitoning transferi “bolg'achilar”ga 16 million funt sterlingga tushdi, deb xabar bermoqda “Vest Xem” klubi rasmiy sayti. Ernandes London klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va tez orada jamoasining Germaniyadagi yig'iniga borib qo'shiladi.

Sky Sports nashrining xabar berishicha, Chicharito “Vest Xem”ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylangan. Unnig haftalik maoshi 140 000 funt sterlingga teng ekanligi aytilmoqda. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif