Rasman: Uinks "Tottenxem"dan "Lester"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2023
"Lester" "Tottenxem" yarim himoyachisi Harri Uinksni sotib oldi.

Bu haqda "tulkilar" rasmiy sayti xabar berdi.

Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va "Lester" bilan 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. "Tottenxem" transferdan 10 mln funt ishladi.

Eslatib o'tamiz, "Lester" o'tgan mavsum 18-o'rinni egallab, Chempionshipga tushib ketdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: lcfc.com