Rasman: "Tottenxem" Solomon transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2023
"Tottenxem" klubi "Fulxem" sobiq vingeri Manor Solomon bilan shartnoma imzoladi.

"Shaxtyor" a'zosi Solomon o'tgan mavsumni ijara asosida "Fulxem"da o'tkazib, barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda 5 ta gol urgandi.

Manor ushbu yozda FIFAning maxsus qaroridan foydalanib, "Shaxtyor" bilan shartnomasini bekor qildi va erkin agentga aylandi.

Shu tariqa, Solomon London klubi bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolab, "Tottenxem"ga tekinga yo'l oldi.

23 yoshli isroillik futbolchi Ange Postekogluning ushbu transfer oynasida Jeyms Meddison va Gulelmo Vikariodan keyin uchinchi futbolchi bo'ldi. Shuningdek, "shporlar" 18 oylik ijaradan so'ng Deyan Kulusevskini xarid qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com