Rasman: "Tottenxem" futbolchisi "Vilyarreal"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
1 fev 2022, 00:27
Yarim himoyachi Jovanni Lo Chelso ijara asosida "Vilyarreal"ga o'tdi.

"Shporlar" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, futbolchi ushbu mavsumni "Vilyarreal"da o'tkazib, yozda jamoaga qaytadi.

Lo Chelso 2019 yildan buyon "Tottenxem" tarkibida o'ynamoqda. Shu davr mobaynida u 84 o'yinda qatnashib, 8 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial