Rasman: Timati Fosu-Mensa "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
20 okt 2016, 12:09
"Manchester Yunayted"ning yosh himoyachisi Timati Fosu-Mensa mankunianlar bilan shartnomani 2020 yilgacha uzaytirdi.

Bu haqda "qizil iblislar" rasmiy sayti e'lon qildi.

Himoyachi 2020 yilgacha tuzilgan bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniga ega.

Fosu-Mensa 2014 yilda "Yunayted"ga kelgan edi.

"Klubda o'tkazgan har bir daqiqamdan rohatlanaman va har kuni yangi narsalarni o'rganishda davom etaman" - deydi Fosu-Mensa.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia