Rasman: "Surxon" rossiyalik hujumchi bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
19 iyun 2025, 18:16
Bu haqda Termiz klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Rossiyalik futbolchi Kirill Kolesnichenko o'zaro kelishuv asosida "Surxon" klubi bilan shartnomasini bekor qildi va jamoani tark etdi. U jamoamiz safida barcha musobaqalarda jami 12 ta o'yinda maydonga tushib, "gol+pas" tizimi bo'yicha 5 ochko (2 ta gol va 3 ta golli uzatma) jamg'ardi", – deyiladi klub xabarida.

Avvalroq "Surxon" "Neftchi" bilan o'yinda jarohat olgan hujumchisi borasida ma'lumot bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати