Rasman: "Sporting" "Yuventus" darvozabonini xarid qildi

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2022, 23:20
Lissabon klubi o'zining so'nggi chegarasini mustahkamladi.

"Sporting" matbuot xizmati xabariga ko'ra, jamoa safiga 1,1 million evro evaziga urugvaylik 22 yoshli darvozabon Franko Isroil kelib qo'shilgan. U besh yillik shartnoma imzolangan bo'lib, unda 45 million evro miqdordagi tovon puli ko'rsatilgan.

Isroil so'nggi to'rt yil davomida Turinning "Yuventus" yoshlar jamoasida o'ynadi.

Darvozabon o'tgan mavsumda "keksa sinora"ning ikkinchi jamoasi safida 28 ta o'yinda qatnashib, shulardan 2 tasida darvozasini daxlsiz qoldirgan.

Eslatib o'tamiz, "Sporting" 2021/2022 yilgi mavsumda Portugaliya chempionatini 2-o'rinda yakunlagandi. "Portu" esa mamlakat chempioniga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sporting.pt