Rasman: "Spartak" Araz Ozbilizni sotib oldi

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2013
Moskvaning "Spartak" klubi "Kuban"dan 23 yoshli yarim himoyachi Araz Ozbilizni sotib oldi.
Bu haqda "Spartak" klubi rasmiy sayti xabar berdi. Futbolchi "Spartak" bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi va yangi klubda 11-raqamda o'ynaydi.

Ozbiliz "Kuban"ga o'tgunicha "Ayaks" safida o'ynagandi.

U Rossiya Premer-Ligasida futbolchi 24 ta o'yin o'tkazgan va 11 ta gol urgan. Ozbiliz "Spartak" darvozasini ikki bor ishg'ol qilgan. Ozbiliz Armaniston terma jamoasi safida 10ta o'yin o'tkazgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com