Rasman: "So'g'diyona" albaniyalik hujumchi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2025, 16:27
Jamoa "So'g'diyona" yozgi transfer oynasida tarkibini tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etmoqda.

Mahoratli va tajribali hujumchi Rubin Xebay bilan 1,5 yillik mehnat shartnomasi imzolandi.

Bungacha u O'zbekistonda "Andijon" va "Nasaf" sharafini himoya qilgan.

26 yoshli forvard "Nasaf" tarkibida 10 o'yinda maydonga tushib, 2 ta to'p kiritdi. Transfermarkt portali uni 350 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати