Rasman: "So'g'diyona" serbiyalik darvozabon transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
25 dek 2025
Yangi mavsum oldidan o'z oldiga yuksak maqsadlar va yuqori natijalarni ko'zlagan "So'g'diyona" tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

"Jamoamiz serbiyalik 34 yoshli darvozabon Nikola Mirkovich bilan kelishuvga erishdi. Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2026 yil yakuniga qadar mo'ljallangan.

Nikola Mirkovich professional faoliyati davomida Yevropa futbolida yaxshi tanilgan bir qator klublar safida to'p tepgan Jumladan:

“Chukarichki”, “Novi Pazar”, “Metalac”, “Dobanovci”, “Mladost”, “Syonneryyuske” (Daniya), “Atromitos Afina” (Gretsiya), “Rad”, “Spartak”, “Zvezda Gradachac”.

Darvozabonning so'nggi klubi Serbiyaning “Chukarichki” jamoasi bo'lgan", – deyiladi xabarda. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати