Rasman: Sneyder futbol bilan xayrlashdi

Eldor Akmurzayev
12 avg 2019, 22:30
Gollandiyalik yarim himoyachisi Uesli Sneyder butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

Bu haqda 35 yoshli xavbekning o'zi ma'lum qilgan. Sneyderning oxirgi klubi Al-Garafa (Qatar) bo'lgandi. 

U futboldagi professional faoliyatini 2002 yili Ayaksda boshlagan. Keyinchalik Real, Inter, Galatasaroy hamda Nicca kabi klublarda ham harakat qildi.

Sneyder klub miqyosida Yevropa chempionlar ligasi bilan birgalikda yana 21ta musobaqada zafar quchdi. Shuningdek, terma libosida Evro-2004 hamda JCH-2014da bronza medallarini, 2010 yilgi mundialda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia