Rasman: Shimon Marchinyak Argentina - Fransiya uchrashuvini boshqarib boradi

Administrator
15 dek 2022, 22:53
To'rt yillikning eng muhim o'yini polshalik hakamga topshirildi.

FIFA Qatarda o'tkazilayotgan Jahon chempionati finalini boshqarib boradigan hakamlar nomini e'lon qildi. Argentina - Fransiya uchrashuvini polshalik Shimon Marchinyak boshqarib boradi.

Ushbu hakam bunga qadar mundialda Fransiya - Daniya (2:1) va Argentina - Avstraliya (2:1) uchrashuvlarida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: FIFA.com