Rasman. "Shalke" Emboloni sotib oldi

Shveytsariya terma jamoasi va "Bazel" hujumchisi Breel Embolo "Shalke" jamoasi a'zosiga aylandi.


"Shalke" Emboloni sotib olganini rasman ma'lum qildi. Shveytsariya terma jamoasining 19 yoshli hujumchisi "Shalke" bilan 5 yillik shartnoma imzolashdi.

"Bild" nashrining ma'lum qilishicha, transfer "Shalke"ga 21 million evroga tushdi. Klub 3 bosqichda 7 million evrodan "Bazel"ga to'lab borishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Embolo bilan Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi ham qiziqayotgandi. Biroq futbolchi Bundesligada o'ynashni maqul topdi.


Manba: Schalke04