

Kecha championat.asia xabar berganidek, futbolchimiz mavsum oxirigacha "Ordabasi"da ijara asosida harakat qilishi rasman tasdiqlandi.
U huquqiy jihatdan Belarusning BATE jamoasi a'zosi hisoblanadi. Biroq, klub murabbiyi bilan yuzaga kelgan mojaro tufayli asosiy tarkibda birorta ham o'yin o'tkazmadi.
Eslatib o'tamiz, Qozog'iston klubida o'zbekistonlik yana bir futbolchi Odilbek Abdumajidov to'p tepadi.



