Rasman: "Sevilya" Tellesni ijaraga oldi

Оқил Абдубарноев
4 avg 2022
"Manchester Yunayted" himoyachisi Aleks Telles yangi mavsumni "Sevilya"da o'tkazadi.

Mankunianliklar 29 yoshli futbolchini sotib olish huquqisiz bir yilga Andalusiya klubiga ijaraga berishdi.

Avvalroq "Sevilya" braziliyalik futbolchiga butun maoshini to'lab berishi xabar qilingandi.

Telles o'tgan mavsum MYU safida 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: manutd.com