Rasman: "Sevilya" sobiq ustozi "Elche"ni boshqaradi

Aziz Tukhtamuradov
18 noya 2022
La Liga autsayderi yangi murabbiyga ega bo'ldi.

"Elche" Pablo Machinni bosh murabbiy etib tayinladi. 

47 yoshli mutaxassis bilan yil so'ngigacha shartnoma tuzildi. 

Machin ilgari "Jirona"," Sevilya", "Espanol" va "Alaves" jamoalarida ishlagan. Uning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Raed" klubi bo'lgan edi. 

"Elche" La Liga musobaqa jadvalida bor-yo'g'i 4 ochko bilan 20-o'rinni egallab turibdi. Jamoa ushbu mavsumda g'alaba nima ekanligini bilmadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sevillafc.es