Rasman: Sane "Man Siti"dan "Bavariya"ga o'tdi

Alisher
3 iyul 2020
"Bavariya" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sanening transferini e'lon qildi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, xavbek Myunxen klubi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Oldinroq, "Bavariya" 24 yoshli futbolchi uchun bonuslar bilan birgalikda 60 million evro atrofida to'lashi aytilgan edi. Uning maoshi yiliga 17 million evroni tashkil etadi.

Sane "Manchester Siti"ga 2016 yilda "Shalke"dan 50 million evro evaziga o'tgan edi.

Futbolchi "shaharliklar" tarkibida barcha musobaqalarda 135ta o'yinda maydonga tushib, 39ta gol va 45ta assist qayd etdi.

Oldinroq, "Bavariya" Sanening Myunxen klubidagi liboslarini transfer amalga oshirilmasdan e'lon qilib yuborgani uchun "Siti"dan uzr so'ragan edi.


AlisherMuallif
Manba: fcbayern.com