Rasman. “Roma” Stefan El-Shaaravini Xitoy klubiga sotib yubordi.

“Roma” va “Shanxay Shenxua” transfer borasida kelishuvga erishishdi.

Stefan Xitoy klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. U bu vaqt davomida 40 mln evro ishlab topadi.

“Roma” mazkur transferdan 18 mln evro ishlab oldi.

O'tgan mavsumda El-Shaaravi A seriyada 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirib, jamoasining to'purariga aylangandi.


Manba: Football24