Rasman: "Roma" navbatdagi transferini amalga oshirdi

Mirjalol Normatov
8 iyun 2018
"Atalanta" yarim himoyachisi Brayan Kristante "Roma"ga o'tdi.

Rim jamoasi matbuoti xabariga ko'ra, klub futbolchini 20 mln evroga sotib olish sharti bilan 5 mln evro evaziga 1 yilga ijaraga oldi.

23 yoshli Kristante "Atalanta" tarkibida 2016 yildan buyon harakat qildi va jamoa bilan umumiy 59 uchrashuvda qatnashdi va 15 gol kiritishga erishdi.

Bunga qadar u "Milan", "Benfika", "Palermo" va "Peskara" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Italiya milliy termasi safida 5 uchrashuvda qatnashgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/asroma