Rasman. “Roma” 6 mln evroga yarim himoyachi sotib oldi

Aziz Tukhtamuradov
29 may 2018
Zagrebning “Dinamo” klubi yarim himoyachisi Ante Chorich faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradi.

Xorvatiyalik 21 yoshli futbolchi Rimning “Roma” klubi bilan 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Rimliklar Chorichning transferi uchun 6 million evro to'lashadi.

Agar Chorich “Roma”ni 2020 yilning 30 iyunigacha tark etsa, “Dinamo” yana qo'shimcha ravishda transferning 10 foizini oladi. 



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: