Rasman: "Real" yangi mavsumda foydalanadigan uy libosini taqdim etdi

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2023
Madrid klubi rasmiy sayti liboslar ko'rinishini taqdim etdi.

"Real"ning 2023/24 yilgi mavsum uchun uy libosi allaqachon shahar do'konlarida ham sotila boshlangan. 

To'plamning englarida tilla akcentlar mavjud bo'lib, old tomoni "Real" emblemasi va "Adidas" logotipi bilan bezatilgan.

Ko'rish mumkinki, "Real" yana yoqa va tugmalardan voz kechgan. Ushbu dizayn haqida qanday fikrdasiz?


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com