Rasman: Raja Nainggolan "Kalyari"ga qaytdi

Alisher
5 avg 2019, 16:35
Belgiyalik futbolchi Raja Nainggolan "Kalyari"ga qaytdi.

"Inter" yarim himoyachini bir mavsumga "Kalyari"ga ijaraga berdi.

31 yoshli Nainggolan faoliyati davomida "Inter"dan tashqari "Pyachenca", "Kalyari" va "Roma" klublarida o'ynagan.

Raja o'tgan mavsum "Inter" tarkibida 36 o'yinda qatnashib, 7 gol kiritishga erishdi.

Futbolchi 2009-2018 yillar davomida Belgiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Belgiyalik futbolchi: "Inter" hali meni qo'yib yuborganidan afsuslanadi" 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/CagliariCalcio