Rasman: "Qizilqum" gruziyalik legionerini ortga qaytardi

Tolibjon Qosimov
10 iyul 2023, 11:33
30 iyun kuni "championat.asia" saytining "Eshitdik-da!" rukni orqali Navoiyning "Qizilqum" klubi gruziyalik sobiq legioneri Giorgi Kuxianidzeni jamoaga qaytarmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da: "Qizilqum" gruziyalik legionerini ortga kaytarmokda

Hozirgina "Qizilqum" matbuot xizmati Kuxianidze bilan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi.

"Superliganing ikkinchi davrasiga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan "Qizilqum" tarkibni kuchaytirish maqsadida ilk transferni amalga oshirdi.

Gruziya chempioni hamda kubogi sohibi hisoblangan gruziyalik yarim himoyachi Giorgi Kuxianidze "Qizilqum" jamoasi sharafini himoya qiladi", - deyiladi klub xabarida.


Eslatib o'tamiz, tajribali yarim himoyachi 2021 yilgi mavsumda navoiyliklar tarkibida harakat qilgan.

Giorgi Kuxianidze haqida ma'lumot:

Ismi: Giorgi Kuxianidze

Tug'ilgan kuni: 01.07.1992

Tug'ilgan joyi: Kutaisi - Gruziya

Poziciyasi: Yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: "Torpedo Kutaisi" (Gruziya), FK "Zestafoni" (Gruziya), "Shukura" (Gruziya), "Lokomotiv" TB (Gruziya), "Dinamo Tbilisi" (Gruziya)

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати