Rasman: Pochettino "Tottenxem" bilan shartnomasini uzaytirdi

Mirjalol Normatov
25 may 2018, 12:33
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "shporlar" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, 46 yoshli mutaxassis jamoa bilan 2023 yilga qadar ishlaydi. Shuningdek, uning yordamchilari Xesus Peres, Migel D'Agostino va Toni Ximenes ham o'z faoliyatini davom ettirishadi.

Pochettino 2014 yildan buyon "Tottenxem"ni boshqarmoqda. O'tgan mavsumda uning qo'l ostidagi jamoa APLning 3-pog'onasini egalladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial