Rasman: Perishich "Inter"ning Osiyo turnesi ro'yxatiga kiritildi
Tolibjon Qosimov
18 iyul 2017, 19:07
Shu kunlarda Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishichni sotib olishga urinmoqda.
Shu sabab, Ivan milanliklarning Xitoy va Singapurda o'tkaziladigan turnesi ro'yxatiga kiritilmay kelayotgan edi. Biroz avval rasman Ivan Perishich "neradzurrilar"ning Osiyo turnesi ro'yxatiga kiritildi.