Rasman: Patrik Shik - "Bayer" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
8 sen 2020
Patrik Shik "Roma"ni "Bayer"ga o'zgartirdi.

Uning transfer narxi 26,5 mln evroga baholanmoqda. Shartnoma 5 yilga imzolandi.

24 yoshli chexiyalik futbolchi o'tgan mavsumni "Leyptsig" tarkibida ijarada o'tkazgandi. Biroq ushbu klub futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni istamadi.

Shik 3 yil avval "Roma" futbolchisiga aylangandi. Rimliklar tarkibida futbolchi 58 o'yinda 8 gol urdi. "Buqalar" safida esa 10 gol urish uchun 28 uchrashuv etarli bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal