Rasman: O'zbekiston U-17 terma jamoasi JCH pley-off yo'llanmasiga ega bo'ldi

Оқил Абдубарноев
16 noya 2023, 19:29
Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari nimchorak finalda "C" yoki "D" guruhi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.

O'zbekiston U-17 terma jamoasi o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining nimchorak final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Gap shundaki, olti guruhda uchinchi o'rinni egallagan jamoalardan to'rttasi pley-offda ishtirok etadi. Hozircha bu borada eng yaxshi natija qayd etib turgan O'zbekiston terma jamoasidan Indoneziya va Janubiy Koreya o'zib keta olmasligi ma'lum bo'ldi.

O'zbekiston ayni vaqtdagi taqvimga qaralganda, nimchorak finalda Angliya yoki Senegal bilan ro'baru kelishi mumkin. Biroq ushbu guruhlarda hali 3-tur o'yinlari o'tkazilmadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia